Bosh sahifaga qaytish

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 10-oktabr (Olam Sinfxonasi qo'shildi)

Ushbu siyosat WORDBOX veb-sayti (wordbox.uz) va WORDBOX Android ilovasi (uz.wordbox.app) foydalanuvchilarning ma'lumotlari bilan qanday ishlashini tushuntiradi. Qisqasi: biz sizdan hech qanday shaxsiy ma'lumot so'ramaymiz.Faqat "Olam Sinfxonasi" bo'limida o'zingiz yuborgan rasm va matnlargina AI tahlil uchun serverga yuboriladi (4-band).

1. Hisob va to'lovlar yo'q

WORDBOX'dan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tish, ism, telefon raqami yoki email kiritish talab qilinmaydi. Ilova va sayt bepul, hech qanday to'lov yoki ilova ichidagi xarid mavjud emas.

2. Qurilmada saqlanadigan ma'lumotlar

Quyidagilar faqat sizning qurilmangizda (brauzer yoki ilova xotirasida) saqlanadi va bizga yuborilmaydi:

  • o'zingiz yaratgan so'z ro'yxatlari va o'ynalgan to'plamlar;
  • o'rganish statistikasi (seriya, kunlik so'zlar soni, o'yinlar soni);
  • sozlamalar (mavzu, talaffuz aksenti va tezligi, kunlik maqsad, eslatma vaqti).

Bu ma'lumotlarni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin: ilovada Sozlamalar → Barcha ma'lumotlarni o'chirish, saytda esa brauzer ma'lumotlarini tozalash orqali. Ilovani o'chirib tashlash ham barcha ma'lumotlarni o'chiradi. AI bo'limiga yuborilgan ma'lumotlarni o'chirishni so'rash tartibi: Ma'lumotlarni o'chirish.

3. Android ilovasi

  • Lug'at, o'yinlar, talaffuz va statistika internetsiz ishlaydi va hech qanday serverga ma'lumot yubormaydi.
  • Internet faqat Olam Sinfxonasi (AI Vision)bo'limi uchun ishlatiladi: siz o'zingiz tanlagan rasm va yozgan matn 4-bandda tasvirlanganidek tahlil uchun yuboriladi (shifrlangan HTTPS orqali).
  • Ilovada analitika, reklama yoki kuzatuv (tracking) vositalari yo'q.
  • So'zlar talaffuzi telefoningizdagi o'rnatilgan nutq sintezatori (Text-to-Speech) orqali qurilmaning o'zida yaratiladi.
  • Bildirishnomalarruxsati faqat siz kunlik eslatmani yoqqaningizda so'raladi. Eslatmalar telefonda lokal tarzda rejalashtiriladi.
  • Ilova kamera ruxsatini so'ramaydi: "Kamerani ochish" tugmasi telefonning o'z kamera ilovasini ochadi va faqat siz olgan suratni qaytaradi. Mikrofon, joylashuv, kontaktlar yoki fayllarga kirish huquqi ham so'ralmaydi.

4. Veb-sayt

  • Sayt Vercel platformasida joylashgan va sahifalar ko'rilishi bo'yicha anonim, umumlashtirilgan statistikani (Vercel Analytics) qayd etadi. U cookie ishlatmaydi va sizni shaxsan aniqlamaydi.
  • Saytda talaffuzni eshittirish uchun so'zning o'zi tashqi lug'at audio xizmatiga yuborilishi mumkin. Bunda faqat so'z matni yuboriladi, sizga oid ma'lumot yuborilmaydi.
  • Ba'zi so'zlarning rasmlari tashqi rasm xizmatlaridan yuklanishi mumkin.
  • Olam Sinfxonasi (AI Vision):bu bo'limda siz suratga olgan yoki yuklagan rasm, shuningdek "AI Yosh Olim"ga yozgan kuzatuv va gipotezangiz tahlil qilish uchun WORDBOX AI serveriga, u yerdan esa sun'iy intellekt xizmatiga (OpenAI) yuboriladi. Javob (aniqlangan buyumlar, dars, tajriba rejasi) tayyorlash uchun server so'rovlar tarixini saqlashi mumkin. Rasm faqat siz tugmani bosganingizda yuboriladi. Odamlar yuzi, hujjatlar yoki boshqa shaxsiy ma'lumot tushgan rasmlarni yubormang. Bu bo'lim saytda va Android ilovasida bir xil ishlaydi; hisob, ism yoki qurilma identifikatori yuborilmaydi.
  • Olam Sinfxonasidagi XP va bajarilgan vazifalar faqat qurilmangizda saqlanadi.
  • AI javobidan shikoyat qilsangiz, tanlagan sababingiz, izohingiz va shikoyat qilingan AI matni ko'rib chiqish uchun WORDBOX dasturchisiga yuboriladi (shaxsingizga oid ma'lumotsiz).

5. Uchinchi tomonlar

Biz hech qanday ma'lumotni sotmaymiz va ijaraga bermaymiz. Uchinchi tomonga faqat 4-banddagi holatda (Olam Sinfxonasi rasmlari va matnlari AI tahlil uchun OpenAI'ga) ma'lumot uzatiladi. Lug'atdagi rasmlar Openverse orqali olingan va Creative Commons litsenziyalari asosida ishlatiladi. Mualliflar ro'yxati ilovada (Sozlamalar → Rasm mualliflari) va lug'atdagi so'z kartasida ko'rsatilgan.

6. Bolalar

WORDBOX umumiy ta'limiy mahsulot bo'lib, bolalardan ataylab hech qanday ma'lumot yig'maydi. 13 yoshgacha bo'lgan bolalar ota-ona yoki o'qituvchi nazorati ostida foydalanishi tavsiya etiladi.

7. O'zgarishlar

Agar kelajakda hisob yaratish yoki boshqa ma'lumot talab qiladigan funksiyalar qo'shilsa, ushbu siyosat oldindan yangilanadi va o'zgarishlar shu sahifada e'lon qilinadi.

8. Bog'lanish

Maxfiylik bilan bog'liq savollar uchun: marufbekofficial787@gmail.com


Privacy Policy (English summary)

WORDBOX (website wordbox.uz and Android app uz.wordbox.app) does not require an account and does not ask for personal data. Only the "Olam Sinfxonasi" (AI Vision) section (website and app) sends the photo you choose to upload, and any observation or hypothesis you type, to the WORDBOX AI server and on to OpenAI to generate the analysis; the server may keep a history of these requests. Please don't upload photos of people's faces or documents. Word lists, learning statistics and settings are stored only on your device and can be deleted at any time (Settings → Delete all data, or by uninstalling the app). The Android app's dictionary and games work offline; it uses the internet only for the AI Vision section, contains no analytics, ads or tracking SDKs, uses the device's built-in text-to-speech engine, and asks for the notification permission only if you enable daily reminders, which are scheduled locally. The website uses anonymous, cookie-less Vercel Analytics page statistics. Vocabulary images are sourced via Openverse under Creative Commons licenses. Contact: marufbekofficial787@gmail.com.