Bosh sahifaga qaytish

Ma'lumotlarni o'chirish

WORDBOX veb-sayti (wordbox.uz) va Android ilovasi (uz.wordbox.app)

WORDBOX'da hisob yaratilmaydi. Ma'lumotlaringizning katta qismi faqat qurilmangizda saqlanadi va uni o'zingiz istalgan vaqtda o'chira olasiz. Serverga faqat Olam Sinfxonasi (AI) bo'limida o'zingiz yuborgan rasm va matnlar boradi. Ularni o'chirishni quyidagi tartibda so'rashingiz mumkin.

1. Qurilmadagi ma'lumotlar (darhol, o'zingiz)

So'z ro'yxatlari, seriya, statistika, XP va sozlamalar:

  • Android ilovada: Sozlamalar → Barcha ma'lumotlarni o'chirish. Ilovani telefondan o'chirib tashlash ham hammasini o'chiradi.
  • Saytda:brauzer sozlamalaridan wordbox.uz uchun sayt ma'lumotlarini (cookies and site data) tozalang.

2. AI bo'limiga yuborilgan rasm va matnlar (so'rov orqali)

Olam Sinfxonasiga yuborgan rasmlaringiz, "AI Yosh Olim"ga yozgan kuzatuv va gipotezalaringiz hamda AI javoblari bo'yicha yuborgan shikoyatlaringizni o'chirishni so'rash uchun bizga yozing:

O'chirishni so'rash

Yoki to'g'ridan-to'g'ri: marufbekofficial787@gmail.com

Hisob bo'lmagani uchun yozuvlar ism yoki telefon raqamiga bog'lanmagan. So'rovda taxminiy sana va vaqtni, qurilmani (sayt yoki ilova) va rasmdagi buyum yoki yozgan matningizni qisqacha ko'rsating. Shunda tegishli yozuvlarni topib o'chiramiz. So'rov 30 kun ichida bajariladi va sizga javob yuboriladi.

3. Nimalar o'chiriladi

  • AI tahlil uchun yuborilgan rasmlar va ular asosida yaratilgan javoblar (aniqlangan buyumlar, darslar).
  • "AI Yosh Olim"ga yozilgan kuzatuv, gipoteza va tajriba rejalari.
  • Siz yuborgan shikoyatlar matni.

Qonunchilik talab qilgan hollar bundan mustasno, hech qanday ma'lumot saqlab qolinmaydi. Batafsil: Maxfiylik siyosati.


Data deletion (English)

WORDBOX has no user accounts. Word lists, streaks, statistics and settings are stored only on your device: delete them in the Android app via Settings → Delete all data(or by uninstalling the app), or on the website by clearing site data for wordbox.uz in your browser. To request deletion of photos and texts you sent to the AI section ("Olam Sinfxonasi"), including AI answers generated from them and any reports you submitted, email marufbekofficial787@gmail.com with the approximate date/time, the platform (web or Android) and a short description of the photo or text. Requests are completed within 30 days.